Xitoyda o’qish uchun talabalik visasi

Visa natijasini qanday qilib bilib  olaman?

Agar siz qabul qilinsangiz, avval siz elektron pochtangizga qabul qilinganlik haqidagi  xabarnomani qabul qilasiz,va  keyinchalik 4 haftadan 8 hafta ichida WEC dan qabul qilish xatini  qabul qilasiz. Bunday uzoq kutilgan vaqt keraksizdek tuyulishi mumkin , lekin iltimos, universitet siz uchun kamida 2 hafta talab qiladigan JW202 formasini tayyorlashi uchun shuncha vaqt talab qilinishi  kerakligini tushunib olishingiz kerak . Universitet WECga quyidagilarni  o’z ichiga olgan qabul  hujjatlari paketini yuboradi:

1) Universitetdan qabul qilinganlik haqidagi xat (Qabul bayonnomasi)
2) JW202 asli shakli (chet ellik talaba uchun vizaga murojaat etishlari uchun rasmiy shakli)

Ushbu hujjatlarni ikkovini ham  siz uchun  eng yaqin xitoy konsulligi yoki elchixonasiga Xitoy talaba vizasini olish uchun (X-viza yoki L-viza) topshirishingiz kerak. Shuning uchun, agar siz JW202 formasini bir yoki ikki hafta ichida   olmagan bo’lsangiz,  WEC bilan bog’lanishingiz kerak. Siz Xitoyga sayyohlik vizasiga kirishingiz va Xitoyga  kelganingizdan keyin uni talabalik vizasiga o’tkazishingiz mumkin.

Qabul haqida xabar berish vaqti

1) Agarda  siz faqat daraja dasturiga ariza topshirsangiz , sizning qabul xatingiz 5-8 hafta ichida jo’natilishi mumkin.

2) Agarda siz uzoq muddatli daraja bo’lmagan  dasturga (olti oydan ortiq) murojaat qilsangiz, siz  3-4 hafta ichida qabul admisiyasini olasiz.

3) Qisqa muddatli darajasiz programmaga  ariza topshirsangiz (olti oydan kam bo’lsa), Turistik vizalar (L Visa) yoki Biznes vizasi (F Visa) ni rasmiylashtirish uchun universitetdan rasmiy hujjatlar talab qilinmaydi.

Elektron -pochta xabarnomalari

Arizangizni WECga topshirganingizdan so’ng, WEC sizni ariza topshirish jarayoni haqida kengroq ma’lumotga ega bo’lishingiz uchun sizga elektron pochta xabarlarini yetkazib turadi. Odatda, sizning arizangizga qandaydir o’zgartirishlar  bo’lsa,  siz quyidagi elektron pochta xabarlarini qabul qilasiz:

 

1) arizalarni qayta ishlash

2) Sizning arizangiz qaytadan o’zgrtirilishi   kerak

3) Arizangiz qabul qilinganligi

4) Qabul  qilinganlik xati jo’natiladi

JW202 ning to’g’ri shaklini olganligingizga  ishonch hosil qiling, unda o’quv muddati ko’rsatilgan bo’lishi kerak .

Agar siz bakalavr darajasiga o’qimoqchi bo’lsangiz ,bu   4 yoki 5 yil davom etishi kerak.

Agar siz xitoy til kursi bo’yicha o’qimoqchi bo’lsangiz, unda u 1 yil davom etadi.

Batafsil ma’lumot uchun kompaniyamizga murojaat qiling.