single
TOPIK qanday imtihon va kimlar topshiradi?

Xalqaro  TOPIK  (Test  of  proficiency  in  Korean) imtihoni  chet  elliklar  uchun  koreys  tilini  egallaganlik  darajasini  aniqlash  uchun o’tkaziladi.  Bugungi  kunda  imtihon  sertifikati  Koreya  universitetlari  bakalavr/magistraturaga  hujjat  topshirish  va  ta’lim  olish , koreys  tili bilan  bog’liq  idoralarga  ishga  joylashish  uchun   zarur  . Shuningdek , bu  imtihonni  ishtirokchining  bilimini  tekshirish  uchun  ham topshirish  mumkin .

TOPIK  haqida  qisqacha:

Til- Koreys tili

Hujjat  topshirish – imtihonga  1-2  oy  qolganda  5-10 kun  davom etadi;

Tashkilotchi – NIIED (National  Institute  of  International  Education)

Rasmiy  sayt – http://www.topik.go.kr/

Nechta  davlatda  o’tkaziladi-  30 dan ortiq;

Yilda  necha  marta  o’tkaziladi – Koreyada  yilda  6 marta , O’zbekistonda  yilda 2  marta  – bahor  va  kuzda;

Imtihon  uchun  to’lov – O’zbekistondagi  tashkilotchiga  bog’lanib , aniqlashtirish   zarur;

Amal  qilish  muddati  – 2 yil;

O’zbekistonda  qayerda  topshirish  mumkin – Toshkent  shahridagi  Koreya  Respublikasi  Ta’lim  Markazi

Manzil: Toshkent  shahri  , Mirobod  tumani, Talimarjon  ko’chasi 3-uy;

Ma’lumot  uchun  telefon :  291-81-82 (ichki raqami :119);   291-84-24 (ichki  raqami: 120)

Talim  Markazining  rasmiy  sayti :  http://www.tashkec.uz

TOPIK  imtihonini  topshirish  tartibi :

Ro’yxatdan  o’tish  uchun  yo’riqnoma:

1.Mobil  telefoni  yoki  kompyuter  orqali  ro’yxatdan o’tish  mumkin;

  1. uztopik.modoo.at saytiga kirib, [Registratsiya na  TOPIK ]  bo’limiga  o’tish

3.Barcha  maydonlarni  pasport  ma’lumotlariga  mos  tarzda  to’ldirish.[Izobrajeniya ] bo’limiga  rasm  yuklash  va  saqlash  (rasm  hajmi  3 ga 4 va 500 kb  dan  ortiq  bo’lmasligi  hamda  oxirgi  3 oy  ichida  olingan  bo’lishi  kerak);

  1. Saqlash tugmasi bosilganidan keyin  ekranda  ro’yxatdan  o’tganlik  haqidagi  e’lon  paydo  bo’ladi ( Anketani  chop  etish   shart  emas  , agar  registratsiya  bo’lgan bo’lsa  5  kun  ichida  electron  pochtangizga  to’lov  haqidagi  eslatma keladi);
  2. Imtihon muddatga ko’ra  passport  nusxasini  Toshkent  shahridagi  Koreya  Respublikasi Ta’lim  Markazidagi  mas’ul  shaxsga  taqdim  etish  va  individual  imtihon  raqamini  olish  kerak .

TOPIK  imtihon  turlari

TOPIKda  ham  CEFR  kabi  1 dan  6  gacha  daraja  mavjud.

TOPIK  I   -­­­­­­­­  ishtirokchining  eshitish ,  tushunish , xulosa  chiqarish  va  murakkab  bo’lmagan  jumlalardan  maishiy suhbatda  foydalana  olishiga  qarab  200 ballik  sistemada , 1 va 2 – daraja  bilan baholanadi. 100  daqiqa  vaqt  ajratiladi

Tinglab  tushunish – 30 ta  savol, 40 daqiqa

O’qish-  40  ta  savol, 60  daqiqa .

TOPIK  II  –  ikki  bosqichda  o’tkaziladi , imtihon  topshiruvchining  taqriz, ma’lumotnoma,  gazeta  maqolalari, yo’riqnomalarni  o’qish,  tushunish bva  yozish  malakalari 300  ballik  tizimda  baholanadi va  3, 4, 5, 6,- daraja  sertifikatlari  beriladi:

  • 1- bosqich  uchun  110  daqiqa  ajratiladi, ishtirokchining  iqtisodiy , ijtimoiy  kontekstdagi  so’zlarni  tushunishi  va  ishlatilishiga  ko’ra  baho  qo’yiladi:

Tinglab  tushunish- 50 ta  savol , 60  daqiqa

Yozuv – 4  ta  savol  , 50  daqiqa

2 – bosqich – o’qish  qismiga  esa  50 ta savol , 70  daqiqa  ajratiladi.

TOPIK  darajalari uchun  o’tish  ballari:

TOPIK  I :

1-daraja-  80 balldan ortiq;

2-daraja-  140 balldan ortiq

TOPIK  II :

3-daraja-  120 balldan  ortiq;

4-daraja –  150 balldan  yuqori;

5-daraja –  190  balldan  yuqori;

6-daraja -230  balldan  yuqori;

TOPIK  imtihoni  haqida  yana nimalarni  bilish kerak ?

  1. Internetda ro’yxatdan  o’tmasdan  imtihon raqami  olish  mumkin emas;
  2. Ro’yxatdan o’tish  bilan  imtihon  haqini  to’lab , imtihon  raqamini olish  zarur;
  3. Imtihon topshiruvchilar  soni  chegaralangan , ya’ni ,  belgilangan hajmdagi  hujjatlar yig’ilgan  bulsa , hujjat  topshirish  muddati  tugamagan bulsa ham qabul  yopiladi;
  4. TOPIK I va  TOPIK II   imtihoni  uchun  yig’ilgan  ishtirokchilar soni  5 tadan kam  bulsa sinov  utkazilmaydi
  5. Imtihonga tayyorgarlik  kurish  uchun : http://tashkec.uz/study_materials/topiks/
  6. Sinov haqida  savollarga  javob :  http://tashkec.uz/questions/

Manba: www.grantlar.uz